Strategik islohotlar agentligida xalqaro konsultantlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Strategik islohotlar agentligida Agentlik direktori Baxodir Raxmatovning xalqaro konsultantlar – Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyule bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ma’lumot uchun: Alfred Guzenbauer 2000-yillarda Avstriya Federal kansleri bo‘lib faoliyat yuritgan. Aleksandr Kvasnevskiy Polsha Prezidenti bo‘lgan. Shtefan Fyule Yevropa Ittifoqining kengayish va yaxshi qo‘shnichilik siyosati masalalari bo‘yicha komissari lavozimida muvaffaqiyatli ishlagan. Uchrashuv boshida B.Raxmatov xalqaro konsultantlarni Agentlik faoliyatining yo‘nalishlari, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, hududlar…