Jonli ijroni rag‘batlantirish orqali fonogrammadan foydalanishni kamaytirishning o‘ziga xos jihatlari

Strategik islohotlar agentligi tomonidan jonli ijro asosida kuylash va fonogrammadan foydalanishning amaldagi holati o‘rganildi. Ma’lumki, bu sohaga katta e’tibor qaratilib, jonli ijroni rag‘batlantirish maqsadida san’at vakillariga imtiyozlar berib kelinmoqda. Buning natijasida keng jamoatchilik, xususan yoshlar o‘rtasida estrada san’atiga qiziqish kuchayib bormoqda. Bunga birgina misol sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6000–sonli Farmonini keltirish mumkin. Ushbu Farmon…

Strategik islohotlar agentligida kasbiy ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi

Bugun Strategik islohotlar agentligida Shveytsariyaning “Helvetas Swiss Intercooperation” tashkiloti vakillari bilan kasbiy ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov, “Helvetas Swiss Intercooperation” loyiha rahbari Simona Shtrasburger, Shveytsariya Federal texnologiyalar instituti professori Ursula Renold, ekspert Shuxrat Amanov, loyiha menejeri Dildora Abidjanova, «ETH Zurich» assistenti Mishel Palayl hamda ikki…

2025-yilda amalga oshiriladigan strategik islohotlar dasturi loyihasi ishlab chiqildi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yilda amalga oshiriladigan strategik islohotlar dasturi loyihasi ishlab chiqildi.             Dasturi quyidagi 10 ta yo‘nalishni o‘z ichiga olgan: Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash. Ushbu yo‘nalishda 2030-yilgacha yashirin iqtisodiyotni qisqartirish strategiyasini ishlab chiqish, naqdsiz shakldagi to‘lovlarning umumiy to‘lovlardagi ulushini oshirish, strategik rejalashtirishning yagona va kompleks tizimini joriy etish nazarda tutilgan. Shuningdek “Moliyaviy ombudsman to‘g‘risida”gi va “Islom banki to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Sanoat…