“Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyilini amalga oshirish bo‘yicha Loyiha ofisi tashkil etiladi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan uy-joy sohasini rivojlantirish va isloh qilishda “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyili asosida kompleks yondashuv ishlab chiqildi. Ushbu tamoyil uy-joy qurilishi va boshqaruvining samarali hamda zamonaviy modelini yaratish, aholining huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va ekologik barqarorlikni oshirishga qaratilgan. Tamoyilning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: – ko‘p kvartirali uylarni qurishda ulushli qurilish ishtirokchilarining huquqlarini himoya…