Jonli ijroni rag‘batlantirish orqali fonogrammadan foydalanishni kamaytirishning o‘ziga xos jihatlari

Strategik islohotlar agentligi tomonidan jonli ijro asosida kuylash va fonogrammadan foydalanishning amaldagi holati o‘rganildi. Ma’lumki, bu sohaga katta e’tibor qaratilib, jonli ijroni rag‘batlantirish maqsadida san’at vakillariga imtiyozlar berib kelinmoqda. Buning natijasida keng jamoatchilik, xususan yoshlar o‘rtasida estrada san’atiga qiziqish kuchayib bormoqda. Bunga birgina misol sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6000–sonli Farmonini keltirish mumkin. Ushbu Farmon…

Strategik islohotlar agentligida kasbiy ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi

Bugun Strategik islohotlar agentligida Shveytsariyaning “Helvetas Swiss Intercooperation” tashkiloti vakillari bilan kasbiy ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov, “Helvetas Swiss Intercooperation” loyiha rahbari Simona Shtrasburger, Shveytsariya Federal texnologiyalar instituti professori Ursula Renold, ekspert Shuxrat Amanov, loyiha menejeri Dildora Abidjanova, «ETH Zurich» assistenti Mishel Palayl hamda ikki…

2025-yilda amalga oshiriladigan strategik islohotlar dasturi loyihasi ishlab chiqildi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yilda amalga oshiriladigan strategik islohotlar dasturi loyihasi ishlab chiqildi.             Dasturi quyidagi 10 ta yo‘nalishni o‘z ichiga olgan: Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash. Ushbu yo‘nalishda 2030-yilgacha yashirin iqtisodiyotni qisqartirish strategiyasini ishlab chiqish, naqdsiz shakldagi to‘lovlarning umumiy to‘lovlardagi ulushini oshirish, strategik rejalashtirishning yagona va kompleks tizimini joriy etish nazarda tutilgan. Shuningdek “Moliyaviy ombudsman to‘g‘risida”gi va “Islom banki to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Sanoat…

Strategik islohotlar agentligida Suma Chakrabarti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Strategik islohotlar agentligida agentlik direktori Baxodir Raxmatovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv hamda xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shuningdek S. Chakrabarti Ofisi vakillari Mandip Beyns, Mari-Enn Birken, Jonatan Charlz va Friderike Zayfert ishtirok etishdi. Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga qaratilgan Prezident Farmoni loyihasini muhokama qildilar. Mamlakat raqobatbardoshligini mustahkamlash va barqaror o‘sishni ta’minlashga xizmat qiluvchi ilg‘or xalqaro tajribalarni integratsiya qilish bo‘yicha takliflar…

Strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi: 2024 yil yakunlari

Strategik islohotlarni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlar rejasida (2024-yil 4 martdagi PQ–109-son qaror) 2024-yilning mart-dekabr oylarida belgilangan vazifalar ijrosi holati tahlil qilindi. 2024-yil davomida 18 ta qonun, 8 ta Prezident farmoni va 19 ta qarori, 22 ta Hukumat qarori, 19 ta chora-tadbirlar dasturlari (jami 86 ta) ishlab chiqilishi belgilangan. Shuningdek, 10 ta qonun, 3 ta Prezident qarori va 3 ta Hukumat…

Mirobod tumani tadbirkorlari bilan tungi iqtisodiyotni rivojlantirish masalalarini muhokama qilindi

Bugun Toshkent shahrining Mirobod tumani hokimiyatida Strategik islohotlar agentligi xodimlarining Agentlik direktori Baxodir Raxmatov boshchiligida, ushbu tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning asosiy mavzusi 24/7 tartibida faoliyat yuritadigan ko’chalarni rivojlantirish va biznes vakillari duch kelayotgan masalalr muhokamasiga bag’ishlandi. Uchrashuv davomida tadbirkorlar 24/7 tartibida ishlaydigan ko‘chalar tashrif buyuruvchilari uchun avtoturargohlarning yo‘qligi, chiqindilar qutilarining…

Strategik islohotlar agentligining 2024-yilgi faoliyati sarhisobi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan 2024-yil davomida muhim istiqbolli tashabbuslarni ilgari surish, ularning amalga oshirilishini tashkil etish va nazorat qilish, xorijiy ekspertlar ko‘magining muvofiqligini ta’minlash va boshqa yo‘nalishlarda bir qator ishlar amalga oshirildi. Ma’lumot uchun: Agentlik tomonidan hisobot davrida 106 ta axborot-tahliliy materiallar tayyorlandi, vazirlik va idoralar bilan hamkorlida 52 ta qonunlar, Prezident farmoni va qarorlari, Hukumat qarorlari loyihalari ishlab chiqildi hamda xalqaro tashkilotlar, konsalting kompaniyalari vakillari va xorijiy ekspertlar bilan 60 dan ortiq uchrashuvlar tashkil qilindi, shuningdek, soha va tarmoqlarda samarali ekspertlik ko‘magini tashkil…

“Ma’lumotlarni boshqarishning milliy tizimi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish ishlari boshlandi

Strategik islohotlar agentligi huzuridagi Natijalarga erishishni boshqarish guruhi Deliver Unitda “Maʼlumotlarni boshqarishning milliy tizimi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish masalasiga bag‘ishlangan ishchi guruhning dastlabki yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Qonun loyihasi muvaffaqiyatli xalqaro tajribalarga asoslangan, hujjatning amal qilish doirasi va asosiy texnik jihatlarini belgilab beruvchi konsepsiyaga muvofiq ishlab chiqilmoqda. Muhokamalar chogʻida yangi tizim ma’lumotlaridan foydalanish jarayoni davlat…

Strategik islohotlar agentligi va Qozog‘iston Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi o‘rtasida 2025-yilga mo‘ljallangan Qo‘shma tadbirlar rejasi imzolandi

2024-yil 21–22-noyabr kunlari Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov boshchiligidagi delegatsiyaning Qozog‘istonga uyushtirilgan tashrifi natijalaridan biri sifatida 2025-yilga mo‘ljallangan Qo‘shma tadbirlar rejasi imzolandi. Ushbu Reja ikki mamlakat o‘rtasida raqamli transformatsiya, ijtimoiy rivojlanish va hududiy salohiyatni yaxshilash kabi strategik yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Rejada uzoq muddatli tashabbuslarning samaradorligini oshirish maqsadida strategik rejalashtirish yondashuvlari va metodologiyasini o‘rganish choralari belgilangan. Xususan, milliy statistika tizimini raqamli transformatsiya qilish, ma’lumotlarni boshqarish va…

Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Joriy yilning 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonda, jumladan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Strategik islohotlar agentligi tomonidan respublika tuman va shaharlarida olib borilgan ishlar davomida tayyorlangan takliflar o‘z aksini topgan.…